
Har bir mahallaga oʻrmonchi-murabbiy biriktiriladi
"Mahallam — yashilzor" dasturi doirasida toʻrtta muhim qadam amalga oshiriladi. Shulardan birinchisi tuproq-iqlim sharoitida mos koʻchatlarni yetkazib berish sanaladi.

"Mahallam — yashilzor" dasturi doirasida toʻrtta muhim qadam amalga oshiriladi. Shulardan birinchisi tuproq-iqlim sharoitida mos koʻchatlarni yetkazib berish sanaladi.

Shu davrda yashil hududlarni belgilash, yerlarni tayyorlash, koʻchat va butalar zaxirasini yaratish ishlari amalga oshiriladi. Har bir mahallada har bir odam uchun uchta daraxt, 30 foiz daraxt soyasi va 300 metr atrofda yashil hudud boʻlishini nazarda tutuvchi xalqaro standart joriy etiladi.

Bunda yashil maydonlar ulushi, aholi soniga nisbatan daraxtlar soni, yangi koʻchatlarning tutib ketishi va aholining ishtiroki asosiy mezonlar boʻladi. Yuqori natijaga erishgan mahallalar obodonlashtirish uchun qoʻshimcha mablagʻlar va “yashil” loyihalarga maqsadli mikrograntlar ajratish orqali ragʻbatlantiriladi.

Prezidentning ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Aziz Abduhakimov Koreya Respublikasida oʻtkazilgan Oʻrmonlar va iqlim masalalari boʻyicha forumda bu haqda maʼlumot berdi.

Surxondaryo viloyatida 10 ming gektar maydonda yashil qoplamalar tashkil etish, Sirdaryo viloyatining chegaradosh hududlarida 84 kilometrlik “yashil devor” barpo qilish, togʻ va togʻoldi hududlarida “terrasa” usulida daraxt va butalar ekish, degradatsiyaga uchragan yerlarda zamonaviy agrotexnologiyalarni sinovdan oʻtkazish taklif qilindi.

Yosh dizaynerlar Hamid Olimjon sheʼriyatidan ilhomlanib yaratilgan yorqin liboslar toʻplamini namoyish etdi. Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etish tadbiri ham boʻlib oʻtdi.

Xususan, Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi besh yuzga yaqin ehtiyojmand oilalarga 3 mingdan ziyod koʻchatlar (olma, gilos, olcha, tut) yetkazib berilib, oʻsha kunning oʻzida ekish ishlari boshlab yuborildi.

Avvalroq Ekologiya vaziri 2 milliondan ortiq koʻchat ekildi deb hisobotga qoʻshib yozilganini, sugʻorish tizimlari mavjud boʻlmagan hududlarga 7,3 million tup koʻchat ekilganini aytgandi.